1

Konya 2021: O`zbek og`ir atletikachilari 4 medalga sazovor bo`lishdi

Sport 12.08.2022, 21:33
Konya 2021: O`zbek og`ir atletikachilari 4 medalga sazovor bo`lishdi

Og`ir atletika bahslarida erkaklar o`rtasida -67 kg vazn toifasidagi bellashuvlar O`zbekiston uchun omadli yakunlandi. O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi bu haqda ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, dastur yakunida Adhamjon Ergashev dast ko`tarish va ikki kurash dasturida oltin, siltab ko`tarish mashqida kumush medalga sazovor bo`lgan. Shuningdek, Doston Yoqubov umumiy hisobda kumush medalga mualliflik qilgani aytiladi.

  • Oltin — Adhamjon Ergashev (O`zbekiston) - 314 (141+173) kg;
  • Kumush —  Doston Yoqubov (O`zbekiston) - 305 (134+171) kg;
  • Bronza — Yusuf Gench (Turkiya) - 305 (131+174) kg.
     

Ayni damda tomonidan berilgan xabarga ko`ra, shuningdek, taekvondochi Feruza Sodiqova ham 2:0 hisobida g`alaba qozonib, oltin medalni qo`lga kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1