AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yil boshida rejalashtirilgan limitdan 116 % ko`p suv ishlatildi

'O`zbekistonda yil boshida rejalashtirilgan limitdan 116 % ko`p suv ishlatildi'ning rasmi

Bu haqda Suv xo`jalik vazirligi matbuot kotibi rahbari AOKAda o`tkazilgan brifingdagi hisobotida ma`lum qildi

Ma`lum qilinishicha, respublikadagi mavjud suv omborlarida suv zaxirasi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 mlr m³ ko`p yig`ilgan. 

Qayd etilishicha, qo`shni davlatlardagi "To`xtag`ul" suv omborida 13 mlrd, Qayroqqumda 2,2 mlrd m³ hamda Nurek suv omborida 10.5 mlrd m³ suv mavjud. Qo`shnilarda joylashgan va bizda vegetasiyada asosiy masalani hal qiluvchi suv manbalaridagi mazkur ko`rsatkich ham o`tgan yilning mos davriga nisbatan ko`pdir. 

Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar telegram kanali muallifi Erkin Abdulahatov Suv xo`jalik vazirligi matbuot kotibining o`qib eshittirgan hisobotidan suv tanqisligi bu yil sezilmaganini anglash mumkinligini ta`kidaydi.

"Yil boshi fevral oyida tog`larda qor zahirasi kamligi va kelayotgan yoz oylari issiqlik kutilmasi ortidan, mintaqamizda qurg`oqchil mavsum bo`lishi to`g`risida xavotirli prognozlar yangragan edi.  

Mart oyida g`arbiy havo oqimlarining keskin faollashuvi ortidan, tog`larda favqulodda ko`p qor yog`ib berishi ushbu mavsum vegetasiya davrida suv tanqisiligi bilan bog`liq vaziyatni chuqurlashtirmadi. 

Suv xo`jaligi vazirligi hisobotidagi suv omborlardagi suv bilan bog`liq vaziyatdan shuni tushinish mumkinki, O`zbekistonda suv bilan bog`liq suv tanqislik bu yil kuchli sezilmadi. Hisobotda shu bilan birga suvni iqtisod qilish bilan bog`liq texnologiyalarni joriy qilish statitik ma`lumotlari ham ochiqlangan. Respublikada jami sug`oriladigan maydon 4,3 mln gektar bo`lib, mazkur yili 0,47 mln gektar (11%) maydonda suvni iqtisod qiluvchi texnologiyalarni qo`llash ko`zda tutilgan",-deydi u.

    Boshqa yangiliklar