O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun 13 avgust kuni O`zbekiston bo`yicha havo kam bulutli bo`ladi. Cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Maksimal harorat 32-37° atrofida saqlanib turadi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduz kuni harorat 35-37° ni tashkil etadi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30° bo`ladi.






