1

Kuydirgi kasalligi tufayli hujjatlari yoqib yuborilgan Yamallik fuqarolarga zudlik bilan yangi hujjatlar beriladi

Dunyo 05.08.2016, 10:58
Kuydirgi kasalligi tufayli hujjatlari yoqib yuborilgan Yamallik fuqarolarga zudlik bilan yangi hujjatlar beriladi

“Asosiy e`tibor qariyalarga, ko`p bolali va yosh bolali oilalarga qaratilmoqda”, deydi Rossiya Federasiyasi Mehnat va Ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin, deb xabar berdi “Tass.ru” nashri.

Kuydirgidan aziyat chekkan Yamalo-Nenesk avtonom okrugi aholisi yaqin kunlarda yoqib yuborilgan hujjatlar va texnikalar o`rniga yangisini oladi. Nafaqa hujjatlari, nogironlik to`g`risida ma`lumotlar tezlikda boshqatdan beriladi. 

Evakuasiya qilingan bolalarning dam olishini tashkillashtirish masalalari ham ko`rib chiqilmoqda. Yamalo-Nenesk avtonom okrugida 25 iyuldan boshlab karantin e`lon qilingan. Kasallik oqibatida 2,3 mingta hayvon halok bo`lgan. Kasallikning avj olishiga havoning isib ketishi sabab bo`lgan. Yamal tundrasida 23 kishida kasallik belgilari aniqlangan. Salexard okrug kasalxonasida infeksiya o`chog`idan ko`chirilgan 96 kishi bo`lib, ularning 53 nafari bolalardir. Kasallikning oshqozon-ichak turini yuqtirgan 12 yoshli bola 1 avgust kuni vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1