1

Yaponiya bosh vaziri rafiqasining O`zbekistonga tashrifi nihoyasiga etdi

Jamiyat 05.08.2016, 11:41
Teglar: Ayol
Yaponiya bosh vaziri rafiqasining O`zbekistonga tashrifi nihoyasiga etdi

Yaponiya bosh vaziri rafiqasining O`zbekistonga tashrifi nihoyasiga etdi
Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening rafiqasi Akie Abe 3 avgust kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi. 
Akie Abe 4 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova hamrohligida O`zbekiston Amaliy san`at muzeyiga tashrif buyurdi. 

O`zbek va yapon xalqlarining o`xshash jihatlari ko`p. Milliy g`urur, mehnatsevarlik, sadoqat, mehr-oqibat kabi fazilatlar ikki xalq uchun birdek xosdir. Bu jihatlar ikki mamlakatning do`stligi va hamkorligida muhim omil bo`lmoqda. 
O`zbekiston bilan Yaponiya o`rtasidagi munosabatlar Do`stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to`g`risidagi qo`shma bayonot hamda Strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to`g`risidagi qo`shma bayonot ruhida izchil rivojlanmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil fevral oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi, Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening 2015 yil oktyabr oyida mamlakatimizga rasmiy tashrifi o`zaro hamkorlik rivojiga yangi sur`at baxsh etdi. 

Akie Abening ushbu tashrifi Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatimizga rasmiy tashrifining mantiqiy davomi bo`ldi. Tashrif mamlakatlarimiz o`rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Amaliy san`at muzeyida xalqimizning boy madaniyati va san`atiga oid 7 mingdan ortiq eksponat bor. 

Akie Abega milliy liboslar va cholg`u asboblari, kashtachilik, zardo`zlik, zargarlik, o`ymakorlik, kandakorlik va kulolchilik asarlari, ulardagi bezak va naqshlarning ma`nolari haqida ma`lumot berildi. Kashta va gilam to`qish, metallga naqsh solish jarayoni jonli tarzda ko`rsatilib, mumtoz kuylarimizdan namunalar ijro etildi. 

Milliy hunarmandlik va xalq amaliy san`ati namunalari mehmonda katta taassurot qoldirdi. Akie Abe mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida tarixni o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash, yoshlarni tarixiy xotira va milliy iftixor asosida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholadi. O`zbekiston xalq hunarmandligi buyumlari go`zalligi va bejirimligi bilan yaqqol ajralib turishini ta`kidladi.  

Akie Abe yapon harbiylari mangu qo`nim topgan maskanni ziyorat qildi. Mehmon vatandoshlari xotirasiga bunyod etilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo`ydi. Bu joy obod maskanga aylantirilgani, yurtdoshlarining xotirasi abadiylashtirilgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. 

Kunning ikkinchi yarmida Tatyana Karimova va Akie Abe Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik Katta teatriga tashrif buyurdilar. 
Mazkur teatr qurilishida Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan yaponiyaliklar ham qatnashgan. Yaqinda teatr binosi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi. 

2015 yil oktyabr oyida Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatimizga rasmiy tashrifi chog`ida ko`plab sohalar qatori madaniy aloqalarni rivojlantirish borasida ham hujjatlar imzolangan edi. Shunga muvofiq, ayni kunlarda Yaponiyaning “Dram Tao” jamoasi mamlakatimizda ijodiy safarda bo`lib turibdi. 

Tatyana Karimova va Akie Abe mazkur ijodiy jamoa konsertini tomosha qildilar. 

1993 yilda tashkil etilgan “Dram Tao” ijodiy jamoasi yorqin shoular orqali qadimiy yapon madaniyatini targ`ib etadi. Musiqa, raqs va jang san`ati an`analarini mujassamlashtirgan chiqishlar tomoshabinlarda ulkan taassurot qoldiradi. Jamoa yigirmadan ziyod mamlakatda ijodiy safarda bo`lgan. Joriy yilning birinchi choragida Shimoliy Amerikaning 38 shahrida o`z dasturlarini namoyish etgan. 

Akie Abe Yaponiya bilan O`zbekiston o`rtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori madaniy-gumanitar yo`nalishda ham izchil taraqqiy etayotganidan mamnun ekanini alohida ta`kidladi. O`zbekiston davlat akademik Katta teatri mahobati va ko`rkamligi bilan unutilmas taassurot qoldirganini, yaponiyalik san`atkorlar ijrosidagi konsert xalqlarimiz o`rtasidagi do`stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo`shishini qayd etdi. 

Konsert dasturidan o`rin olgan “Nindzya ayol”, “Xayol kuyi”, “Sakuraning ming daraxti”, “Kuzgi oy”, “Qaqnus”, “Moviy osmon” kabi kuy-qo`shiq va raqslar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`ldi.

Shuning bilan Yaponiya Bosh vazirining rafiqasi Akie Abening mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga etdi. 

Toshkent xalqaro aeroportida Akie Abeni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova kuzatib qo`ydi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1