1

GM Uzbekistan Qozog`istonga Ravon R2 avtomobillarini etkazib berishni boshladi

Jamiyat 05.08.2016, 14:38
Teglar: Avto, GM Uzbekistan
GM Uzbekistan Qozog`istonga Ravon R2 avtomobillarini etkazib berishni boshladi

GM Uzbekistan QK 25 iyul kuni Qozog`istonga Ravon R2 avtomobillarining birinchi partiyasini jo`natdi. Bu haqda kompaniyaning Facebook`dagi sahifasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

3 avgust kuni esa R2 avtomobillarining ikkinchi partiyasini Rossiyaga jo`natish ishlari boshlandi. Yaqin kunlarda Nexia R3 modelining birinchi partiyasi ham yuboriladi.

General Motors avtomobillari ichida R3 «Era-Glonass» (avariyali vaziyatlarda favqulodda javob qaytarish tizimi) moduli sertifikatiga ega bo`lgan birinchi model bo`ldi.

Rossiyaga may oyida avtomobillarni etkazib berishdagi tajribalar hisobga olingan holda kompaniya logistika va etkazib berishni takomillashtirish uchun bir qator choralarni qo`lladi, deyiladi xabarda.

Yil davomida QK MDHning boshqa etakchi bozorlarida ham Ravon brendining dilerlik tarmoqlarini kengaytirish ishlarini davom ettiradi. Jumladan, avgustda brend Ukrainada namoyish etiladi.

Bundan tashqari, modellar qatorini yangilash bo`yicha ham ishlar davom ettiriladi. Taqdimoti bo`lib o`tgan R2, R3 va Gentra modellaridan tashqari, bir vaqtning o`zida barcha bozorlarda Ravon R4 yangilangan modelini taqdim etish rejalashtirilgan.

Sharhlar

O`zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar soni keskin oshiriladi

05.01.2021, 21:17

2020 yil 28 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2021 – 2023 yillarga mo`ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori qabul qilingan edi....
FVV ogohlantiradi: Toshkentda kuchli shamol boshlandi

12.05.2020, 20:18

Bugun 12-may kunining ikki yarmida Poytaxtimiz bo`ylab kuchli shamol va yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisini ogoh bo`lishga...
​QULAGAN DARAXTLAR VA UChGAN TOMLAR: ShIDDATLI ShAMOLNING OQIBATLARI (FOTO, VIDEO)

18.10.2017, 12:10

Kuni kecha soat chamasi 22:00 larda O`zbekiston hududiga kirib kelgan antisiklon orqasidan shiddatli shamol, yomg`ir va sezilarli sovuq harorat olib kirdi. Kuchli shamol poytaxtlik avtomobilchilarga...
​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI

30.09.2017, 09:32

GM Uzbekistan avtomobillar savdosi tizimini takomillashtirish ustida ishlashda davom etadi va o`z mijozlariga, kompaniya bilan aloqada bo`lishning yanada qulay va maksimal darajada shaffof bo`lgan xizmat...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1