1

Xorijdan o`qishini ko`chirish bo`yicha arizalarni tahrirlash va to`lov uchun qo`shimcha muddat berildi

Jamiyat 15.08.2022, 17:26
Xorijdan o`qishini ko`chirish bo`yicha arizalarni tahrirlash va to`lov uchun qo`shimcha muddat berildi

Ko`p sonli talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro`yxatdan o`tgan, biroq kamchiliklar sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash va belgilangan to`lovni amalga oshirish uchun qo`shimcha bir kun berildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.  

Ma`lum qilinishicha, arizasi rad etilgan talabalar hujjatlarni 16 avgust 18:00 ga qadar tahrirlab, to`lovini amalga oshirgan holda qaytadan yuborishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1