AsosiyJamiyat

Bugundan boshlab poytaxtda yangi avtobus yo`nalishi tashkil etildi

'Bugundan boshlab poytaxtda yangi avtobus yo`nalishi tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022.yil 2 fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-111-sonli qaroriga asosan jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog`lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 16 avgust kuni, ya`ni bugundan boshlab 139-sonli "Birlik mavzesi-Chilonzor metrosi" yangi avtobus yo`nalishi tashkil etilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati ma`lum qildi.

Yo`nalish harakati to`g`ri yo`nalishda "Birlik mavzesi"dan Ko`rkam, Ko`kcha Darvoza, Nazarbek, Jurjoniy, Farhod, Kichik halqa yo`li ko`chalari orqali "Chilonzor metrosi"ga qadar, qaytish yo`nalishida "Chilonzor metrosi"dan Kichik halqa yo`li, Farhod, Jurjoniy, Uchtepa ko`chalari orqali "Birlik mavzesi"ga qadar  soat 6:00 dan 21:15 gacha  harakatlanishi belgilangan. 

Mazkur yo`nalishda xizmat ko`rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar Jamiyatning "4-Avtobus saroyi" filialiga  biriktirildi. Yo`nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlariga 3 ta, yakshanba kunlariga 2 ta etib belgilanganligini ma`lum qilamiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar