Joriy yilning may-iyun oylarida bo`lib o`tgan A-level imtihonlarining natijalari e`lon qilindi. Unga ko`ra, Prezident maktablari o`quvchilari juda yuqori ko`rsatkich qayd etishdi, deya xabar bermoqda Prezident ta`lim muassasalari agentligi Axborot xizmati.
Xususan:
- Namangan shahridagi Prezident maktabida esa kimyo fanidan 100%,
- Toshkent shahridagi Prezident maktabida matematika fanidan 96%, biologiya fanidan 94%,
- Nukus shahridagi Prezident maktabida matematika va fizika fanlaridan 87 foizlik sifat ko`rsatkichi qayd etildi.
Abdul Hameed, Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o`qituvchisi:
- Buyuk Britaniyada o`quvchilar A-level dasturi asosida 13 yil ta`lim oladilar. Toshkent shahridagi Prezident maktabining o`quvchilari esa 2-3 yil ichida A* darajasini qo`lga kiritishdi.






