1

Toshkentda "Spark" haydovchisi obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini urib ketib, qochib ketdi. Fuqaro voqea joyida vafot etdi

Jamiyat 16.08.2022, 18:30
Teglar: "Spark", obodonlashtirish boshqarmasi
Toshkentda "Spark" haydovchisi obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini urib ketib, qochib ketdi. Fuqaro voqea joyida vafot etdi

Joriy yilning 15 avgust kuni taxminan soat 12:50 da, Yunusobod tumani, Bog`ishamol ko`chasida "Spark" rusumli, davlat raqam belgisi 01 T 650 ZA bo`lgan avtomashina haydovchisi, yo`l chetida turgan piyodani urib yuborib, birinchi yordam ko`rsatmay, voqea joyidan ketib qolgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada piyoda, shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi, 1967 yilda tug`ilgan, G.K. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Marhumning oila a`zolariga hamdardlik bildiramiz.

Avtomashinada piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchining shaxsi aniqlandi. U 1990 yilda tug`ilgan Yu.R. ekanligi aniqlandi. Hozirda haydovchi ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1