Qirg`iziston chegarachilari O`zbekistonga umumiy qiymati 1 million so`mlik ot va qoramollarni noqonuniy olib o`tmoqchi bo`lganlarni anqiladi. Bu haqda "24.kg" xabar berdi.
Aniqlanishicha, Aqsi tumanining Jetigen hududida chegarachilar O`zbekistonga 7 ta otni noqonuniy ravishda haydab o`tmoqchi bo`lgan 29 yoshli A.E. ni qo`lga olgan. Keyinroq Chalasart massivida 7 bosh qoramolni olib o`tmoqchi bo`lgan Jani-Ayil qishlog`ida yashovchi 39 yoshli N.U. ushlangan.
Talas viloyatining O`g`uz-Ashu massivida 44 yoshli T.T. boshqaruvidagi "DAF" rusumli yuk mashinasi qo`lga olingan. Mashinada 14 bosh qoramol topilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ot va qoramollar narxi 1 million so`mdan ortiqni tashkil qilgan.
Barcha hollarda hujjatlar rasmiylashtirilgach, qo`lga olinganlar qo`shimcha tergov o`tkazish uchun vakolatli organlar xodimlariga topshirilgan.






