AsosiyDunyo

Erdo`g`on va Vladimir Zelenskiy Ukrainada uchrashadi

'Erdo`g`on va Vladimir Zelenskiy Ukrainada uchrashadi'ning rasmi

Ukrainaning Lvov shahrida Vladimir Zelenskiy, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida sammit o`tkaziladi. 

Unda asosiy e`tibor Rossiya-Ukraina urushini diplomatik yo`llar bilan tugatishga qaratiladi.

Turkiya prezidenti saytidagi bayonotga ko`ra, Erdo`g`on Zelenskiyning taklifiga binoan 18 avgust kuni Lvovga bir kunlik amaliy tashrif bilan boradi.

Muloqot chog`ida liderlar Turkiya-Ukraina munosabatlarining strategik sheriklik darajasidagi barcha jihatlarini muhokama qiladi.

“Shuningdek, tashrif doirasida Prezident Vladimir Zelenskiy va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida uch tomonlama sammit o`tkazilishi rejalashtirilgan, unda eksport bo`yicha shakllantirilgan mexanizm faoliyatini tobora ko`proq qo`llab-quvvatlash bo`yicha potensial qadamlar ko`rib chiqiladi. Ukraina g`allasini jahon bozorlariga olib chiqish hamda Ukraina va Rossiya o`rtasidagi urushni diplomatik yo`llar bilan tugatish”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o`tamiz, avgust oyining boshida Sochi shahrida Erdo`g`on Putin bilan ham muzokara o`tkazgan edi. 

    Boshqa yangiliklar