AsosiyJamiyat

Traktor haydovchisi "To`raqo`rg`on" IESga tabiiy gaz etkazuvchi magistral quvurga shikast etkazdi

'Traktor haydovchisi "To`raqo`rg`on" IESga tabiiy gaz etkazuvchi magistral quvurga shikast etkazdi'ning rasmi

“O`ztransgaz” AJ Matbuot xizmati Farg`ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan Namangan viloyati To`raqo`rg`on Issiqlik elektr stansiyasiga tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha, 2022 yil 17 avgust soat 14:00dan 15:00gacha to`xtatilishini ma`lum qiladi.  

2022 yil 17 avgust kuni Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanidagi fermer xo`jaligiga tegishli er maydonida dala ishlari olib borilayotgan vaqtda, traktor haydovchisining ehtiyosizligi bois boshqarma tasarrufidagi “To`raqo`rg`on” IES gaz taqsimlash stansiyaga tabiiy gaz etkazib beruvchi magistral gaz quvuriga (L=275metr) o`rnatilgan diametri D-50 mm.li bo`lgan purkash ochib-yopish moslamasiga shikast etkazilgan va natijada avariya holati, ya`ni gaz sizib chiqishi yuzaga kelgan.    

Mazkur gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun “To`raqo`rg`on” IES gaz taqsimlash stansiyasiga tabiiy gaz etkazib berish vaqtinchalik to`xtatiladi.

    Boshqa yangiliklar