AsosiyJamiyat

“UzAuto Motors” Tracker-2023 va Onix avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi doirasida yangi ish o`rinlariga tanlov e`lon qildi

'“UzAuto Motors” Tracker-2023 va Onix avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi doirasida yangi ish o`rinlariga tanlov e`lon qildi'ning rasmi

“UzAuto Motors” AJ yangi Tracker-2023 va Onix avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi doirasida yaratilgan yangi ish o`rinlariga qabul to`g`risida tanlov e`lon qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Asosiy talablar:

Lavozimi - mexanika va yig`uv ishlari chilangari, malakali ishchi;

Ma`lumoti – o`rta-maxsus ma`lumot;

Yoshi – 18 yoshdan yuqori;

Qo`shimcha talablar: chet (ingliz, rus) tillarini bilishi, jismonan sog`lom.

Mehnat sharoitlari:

Korxona o`z xodimlarini ijtimoiy va kasbiy qo`llab quvvatlaydi: qishki va yozgi maxsus uniforma, transport, mazali tushlik, mehnat ta`tili va moddiy yordam, malaka oshirish kurslari, tibbiy ko`rik va dam olish maskanlariga yo`llanmalar bilan ta`minlaydi.

Oylik ish haqi oklad qo`rinishida to`lanadi va qo`shimcha ravishda moddiy rag`batlantirish KPI tizimiga asoslangan bo`lib erishilgan natijalarga muvofiq amalga oshiriladi.

“UzAuto Motors” AJda yuqoridagi shartlar asosida o`z mehnat faoliyatini olib borishni istagan fuqarolar uzautojobs.uz saytida ro`yxatdan o`tib, e`lon qilingan vakansiyaga nomzod sifatida ma`lumotlarini yuborishi lozimligini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar