AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportida terminallararo bepul avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi

'Toshkent aeroportida terminallararo bepul avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro aviaqatnov terminallari o`rtasida avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi. 

UzPort stikerli avtobus har kuni soat 05.00 dan 23.30 gacha xizmat ko`rsatadi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar bermoqda.

"Biz yo`lovchilardan terminallarni bir-biriga bog`lash bilan bog`liq ko`plab murojaatlar oldik. Ular ayrim hollarda terminallardni adashtirib, noto`g`ri terminalga kelishadi. Shahardagi terminallar orasidagi masofa taxminan 4 km. Tezkor usul — taksidan foydalanish, ammo taksi narxi har doim ham barcha toifadagi fuqarolar uchun maqbul emas. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda, Uzbekistan Airports terminallararo qatnovchi avtobusni test rejimida yo`lga qo`yishga qaror qildi", — deydi boshqaruv kompaniyasi matbuot xizmati.

Eslatib o`tamiz, terminallararo transport har yarim soatda jadvalga muvofiq harakatlanadi. Xalqaro aviakoqatnovlar terminalida avtobus jo`nab ketish zali yonidagi to`xtash joyida avtobuslar uchun ajratilgan yo`lak bo`ylab harakatlanadi, mahalliy terminalda esa kirish eshigi yonigacha boradi. Avtobus xizmatlaridan hamma barcha hohlovchilar mutlaqo bepul foydalanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar