AsosiyJamiyat

Samarqand va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kredit mablag`lari o`zlashtirildi

'Samarqand va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kredit mablag`lari o`zlashtirildi'ning rasmi

Imtiyozli kredit mablag`larini o`zlashtirgan MChJ va fermer xo`jaligi rahbarlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Ishtixon tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “X.e.”  fermer xo`jaligi rahbari M.J. xo`jalikka chorvachilikni rivojlantirish va xorijdan naslli chorva mollarini sotib olish uchun ajratilgan 780 mln so`m imtiyozli kredit evaziga xorijdan olib kelingan 31 bosh naslli qoramollarni sotib yuborib, kredit mablag`ini o`zlashtirganligi aniqlangan.

Shu kabi, Angren shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.O.” MChJga baliqchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 490 mln so`m imtiyozli kredit mablag`ini MChJ rahbari A.O`. boshqa maqsadlarda sarflab, o`zlashtirib yuborganligi aniqlangan.


Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.


 

👉@Department_uz

    Boshqa yangiliklar