Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev Sochiga etib keldi va u erda Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashadi, deya xabar berdi Sputnik radiosi Qozog`iston rahbari matbuot xizmatiga tayanib.
Kreml matbuot xizmati xabariga ko`ra, uchrashuv chog`ida davlat rahbarlari Rossiya-Qozog`iston munosabatlarini yanada rivojlantirish, strategik sheriklik va hamkorlik masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan.
Shuningdek, tomonlar integrasiya birlashmalari, jumladan, joriy yilda Qozog`iston raislik qilayotgan MDH doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashadi.






