AsosiyDunyo

G20 sammitida Putin va Zelenskiy ishtirok etishi kutilmoqda

'G20 sammitida Putin va Zelenskiy ishtirok etishi kutilmoqda'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Indoneziyaning Bali orolida bo`lib o`tadigan G20 sammitida shaxsan ishtirok etishni rejalashtirmoqda Bu haqda Indoneziya Prezidenti ma`lum qildi, deya yozmoqda “zamon.uz”.

“Ha, Si Szinpin sammitda bo`ladi, Prezident Putin ham menga kelishini aytdi”, — dedi Vidodo.

Kreml matbuot xizmati xabariga ko`ra, bir kun avval Putin Vidodo bilan telefon orqali muloqot qilgan va tomonlar boshqa muammolar qatorida sammitga tayyorgarlik masalasiga ham to`xtalgan.

Sammit 15-16 noyabr kunlariga belgilangan. Tadbirga Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy ham kelishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning “Katta ettilik” sammitida ishtirok etish formati bo`yicha hali qaror qabul qilinmaganini ma`lum qilgandi.

 

    Boshqa yangiliklar