AsosiyJamiyat

Toshkentdagi atir-upa do`koni fuqaro tomonidan yoqib yuborilgani aniqlandi (video)

'Toshkentdagi atir-upa do`koni fuqaro tomonidan yoqib yuborilgani aniqlandi (video)'ning rasmi

 Sal avval Toshkentdagi do`konlardan biri yonib ketgani xabar qilingan edi. 

Do`konlardan fuqaro tomonidan yoqib yuborilgani aniqlandi va ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinigicha, joriy yilning 18 avgustga o`tar kechasi taxminan soat 02.00 larda Yashnobod tumani Tuzel-2 dahasida joylashgan do`kon va go`zallik salonida yong`in sodir  bo`lgan. O`tkazilgan tekshiruv jarayonida yong`in 1981 yilda tug`ilgan N.J. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi (“Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar etkazish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar