AsosiySalomatlik

Kimlar buster doza bilan takroriy emlanishi zarur? JSST bu borada o`z tavsiyalarini berdi

'Kimlar buster doza bilan takroriy emlanishi zarur? JSST bu borada o`z tavsiyalarini berdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi takroriy ravishda buster doza bilan birinchi navbatda emlanishi zarur bo`lgan aholi qatlami ro`yxatini e`lon qildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 

Unga ko`ra:

homilador ayollar,

 immuniteti zaif kishilar,

 qator surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar,

 keksa yoshli insonlar,

shifokorlar kuchaytiruvchi dozada takroriy vaksinalar olishi maqsadga muvofiq.

JSST ekspertlari fikricha, dunyo mamlakatlari to`rtinchi doza bilan emlash kampaniyasi doirasida ushbu “xavf guruhi”ga alohida e`tibor qaratishi kerak.

Tashkilot xulosasiga ko`ra, ikkinchi buster doza COVID-19ning og`ir shakllaridan himoyalanish yoki undan o`lim darajasini minimallashtirish uchun zarur.


 

    Boshqa yangiliklar