AsosiyJamiyat

“Davlat soliq xizmati organlari Sizlarni qo`llab-quvvatlashga hamisha tayyor”. DSQ raisi tadbirkorlarga tabrik yo`lladi

'“Davlat soliq xizmati organlari Sizlarni qo`llab-quvvatlashga hamisha tayyor”. DSQ raisi tadbirkorlarga tabrik yo`lladi'ning rasmi

Davlat soliq qo`mitasi Raisi Sherzod Kudbiev 20 avgust - Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O`zbekistondagi barcha tadbirkorlarga tabrik yo`lladi. 

“Hurmatli tadbirkorlar, Sizlarni bugungi bayramingiz bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi va o`z nomimdan muborakbod etaman.

Vatanimiz iqtisodiy rivoji, aholi bandligini ta`minlashda Sizlarning mashaqqatli mehnatlaringiz tahsinga sazovor.

Prezidentimiz  tashabbusi bilan tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar natijasida sohaga tatbiq etilayotgan raqamli texnologiyalar Siz, tadbirkorlar uchun ko`plab qulayliklar yaratmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar, davlat soliq xizmati organlari soliq ma`murchiligiga tatbiq etilayotgan yangiliklarni o`zlashtirishdagi tirishqoqligingizni, halol mehnatingizni, yangi tajribalarni o`zlashtirishga xayrixohligingizni qadrlagan holda Sizlarni qo`llab-quvvatlashga hamisha tayyor.

Bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, faoliyatingizga muvaffaqiyat, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va sog`lik-omonlik tilayman!” - deyiladi DSQ raisi tabrigida. 


 

 

    Boshqa yangiliklar