AsosiyJamiyat

Toshkentdagi zooparkda 9 yoshli jirafa vafot etdi

'Toshkentdagi zooparkda 9 yoshli jirafa vafot etdi'ning rasmi

Bugun, 20 avgust kuni Toshkent hayvonot bog`ida Alatau laqabli jirafa vafot etdi.

Bog` ma`muriyatining ma`lum qilishicha, so`nggi hafta davomida Alatauning ishtahasi pasayib borayotgani kuzatilgan va u tez sur`atda vazn yo`qotishni boshlagan. Veterinariya mutaxassislari jirafaning ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun simptomatik davolashni boshlab yuborishgan. Ichak parazitlari mavjudligini tekshirish bo`yicha o`tkazilgan koprologik ko`rik salbiy natija bergan.

Ayni damda Davlat Veterinariya bo`limi vakillari ishtirokida jonivorni yorib ko`rish jarayoni o`tkazilmoqda. Barcha zarur patologoanatomik materiallar Hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish bo`yicha davlat veterinariya markazi laboratoriyasiga yuboriladi.

“Barcha laboratoriya tahlillari natijalari olingandan keyin yakuniy tashxis qo`yiladi va jonivor nega vafot etgani sababi aniqlanadi”, – deb izoh berdi Yunusobod tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi boshlig`I Shavkat Gabdulxakov.

Eslatib o`tamiz, Alatau 2016 yilda 3 yoshligida Olmaota hayvonot bog`idan olib kelingan edi.

    Boshqa yangiliklar