AsosiyJamiyat

Andijonlik yana bir tadbirkor joniga qasd qildi

'Andijonlik yana bir tadbirkor joniga qasd qildi'ning rasmi

Ma`lum vaqt avval Andijonning eng boy odamlaridan biri o`zini osgani haqida xabar bergandik. Ayni vaqtda viloyat hokimligining ma`lum qilishicha, hududda yana bir tadbirkor joniga qasd qildi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan o`rganish ishlari olib borildi. 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonlik tadbirkor o`zi qurayotgan sport zalda o`zini osib o`ldirgani bo`yicha ham jimlik!” sarlavhasi ostida xabar tarqalgan. Unda 200-300 kishilik yig`ilish bo`lib o`tgani, shuningdek, tadbirkorga prokuror va hokim tazyiq o`tkazilgani aytilgan.

O`rganishlar jarayonida aniq bo`lganki, tadbirkorga hech kim, na prokuror na hokim tazyiq o`tkazmagan. Hech qanday yig`ilish ham o`tkazilmagan.

"Bundan tashqari, tadbirkorga qurilishi olib borilayotgan loyiha qiymatining 85 foizi miqdorida mablag` ajratilgan",-deyiladi xabarda qo`shimcha qilinib.

    Boshqa yangiliklar