AsosiyJamiyat

​​Xorijdan o`qishni ko`chirish bo`yicha test sinovlari kuni aniq bo`ldi

'​​Xorijdan o`qishni ko`chirish bo`yicha test sinovlari kuni aniq bo`ldi'ning rasmi

Talabalar o`qishini xorijiy davlatlardagi OTMdan, shuningdek O`zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMga ko`chirish bo`yicha test sinovlari 23–25-avgust kunlari bo`lib o`tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi. Bunda test sinovlari:

1️-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo`lib o`tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo`yicha o`tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig`i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball – 189 ball bo`lib, har bir to`g`ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olinadi.

Talabgorlardan test sinovi o`tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so`raladi.

    Boshqa yangiliklar