AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat yanada pasayadi - “O`zgidromet”

'Bugun O`zbekistonda harorat yanada pasayadi - “O`zgidromet”'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 22 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qildi. Unga ko`ra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 27-29° bo`ladi.

Qoraqalpog`iston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 24-29° bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° bo`ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo`ladi.


 

    Boshqa yangiliklar