AsosiyJamiyat

Buxoro Arkidagi tarixiy eksponatlar sotuvga qo`yilgani aytildi

'Buxoro Arkidagi tarixiy eksponatlar sotuvga qo`yilgani aytildi'ning rasmi

Buxoro shahridagi Ark majmuasida 7 ta eksponat sotuvga chiqarilgani haqida xabar berildi. Madaniy meros agentligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 21 avgust kuni soat 12:07 da «Antikvariat va numizmatika Uzbekistan» Telegram guruhiga Buxoro Ark majmuasi kolleksiyasidan 7 dona rasm joylashtirilgan, ular ostida hech qanday izoh berilmagan. Aniqlanishicha, Ark Buxoro viloyat o`lkashunoslik muzeyi ekspozisiyasidagi 7 ta vitrina eksponatlari suratga olib tashlangan.

Muzey xodimlari tomonidan zudlik bilan o`rganishlar natijasida eksponatlar o`z joyida ekanligi, ular hech qanday savdoga chiqarilmaganligi ma`lum qilindi. Shuningdek, muzey mas`ullarining fikricha, ushbu ma`lumotlar sayohatga kelganlar tomonidan joylashtirilgan.

Markaziy bank aholi uchun ilk bor 5, 10, 20 va 50 grammlik oltin quymalarni sotuvga chiqargandi. Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti direktori Sanjar Valiev jamg`armaning tarkibida qisman oltinning bo`lishi inqirozli davrlarda aktivlar umumiy qiymatining tushib ketishi xavfini kamaytirishini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar