AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan yana telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan yana telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

22 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, bo`lajak oliy darajadagi tadbirlarni hisobga olib mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Joriy yil sentyabr oyi o`rtasida Samarqand shahrida o`tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi doirasidagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazishga alohida e`tibor qaratildi.

Bundan tashqari, O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sohalarda qo`shma loyiha va dasturlarni ilgari surishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.

Hukumatlar va idoralar darajasidagi faol aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Ikki mamlakat etakchilari O`zbekiston va Rossiya hududlari o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishni qo`llab-quvvatladilar. Shu munosabat bilan joriy yilning kuzida mamlakatimizda Hududlararo forumning o`tkazilishiga muhim ahamiyat berilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoev 16 avgust kuni ham Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar