AsosiyJamiyat

Endilikda qarovsiz qolgan daraxtlar xatlovdan o`tkaziladi

'Endilikda qarovsiz qolgan daraxtlar xatlovdan o`tkaziladi'ning rasmi

“Davlat o`rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi Hukumat qarori (464-son, 22.08.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, daraxt va butalarni kompensasiya tarzida ekish daraxtlarni kesish uchun ruxsatnoma berish uchun yig`imni yoki ularni noqonuniy kesganlik uchun jarimalarni to`lashdan ozod qilmaydi.

Kompensasiyaviy ekish joylari “Yashil bog`lar” va “Yashil jamoat parklari”, obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish uchun mo`ljallangan boshqa hududlardan tanlanadi.

2022 yil 31 dekabrgacha qarovsiz qolgan daraxtlar xatlovdan o`tkaziladi va yaqin hududdagi mulkdorlarga biriktiriladi.

Hokimliklar tomonidan 1 sentyabrgacha kuzgi va 1 fevralgacha bahorgi ko`chat ekish hajmlari bo`yicha manzilli dastur tasdiqlanadi.

Daraxt va butalarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy byudjetlar qo`shimcha manbalarining 2 foizigacha mablag` ajratiladi.

Qaror bilan Davlat o`rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda daraxtlar va butalarni ekish uchun joylar tanlash, ularni ekish, sug`orish, oziqlantirish va butalash tartibi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar