Joriy yilda 51,2% abiturientlar 56,7 ball ham to`play olmagan. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiev DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq ma`lumotlariga tayanib yozmoqda.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilda 1 mln 73 ming 821 nafar abiturient test topshirgan.
Ularning 550 ming nafari (51,2%) o`tish balining eng quyi chegarasi bo`lgan 56,7 balni ham to`play olmagan.
O`tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz yanada og`irlashgan. O`tgan yili 36% abiturientlar 56,7 ball ham to`play olmagandi, joriy yilda bu ko`rsatkich 51,2% ga chiqdi.
2022 yilda eng yomon ko`rsatkich, xuddi o`tgan yilda bo`lganidek Toshkent viloyatida (55,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o`tgan yildagidek Toshkent shahrida (45,2%) qayd etilgan.
9 ta hududda abiturientlarning 50 foizdan ko`prog`i 56,7 balldan past ball olishgan. Faqat 5 tagina hududda bu ko`rsatkich 50 foizdan kamroqni tashkil qilgan: Toshkent shahri, Buxoro, Farg`ona, Xorazm va Samarqand viloyatlari.






