Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 29-34° bo`ladi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-33° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechga tamon Namangan va Farg`ona viloyatlarining tog`li hududlarida, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, mamaqaldiroq vaqtida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° bo`ladi.
24.08.2022 03:31
Bugun havo harorati 29-34 daraja bo`ladi - "O`zgidromet"






