AsosiyDunyo

Rioda jurnalistlar o`tirgan avtobusga hujum uyushtirildi

9 avgust kuni Rio-de-Janeyro shahri markazida Deodoro stadionidan Olimpiya bosh matbuot markaziga borayotgan jurnalistlar va Olimpiya o`yinlarida xizmat ko`rsatuvchi xodimlar o`tirgan avtobusga noma`lum shaxslar hujum qildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Belorusiyaning “Pressbol” sport nashri muxbiri Artur Jol bo`lib o`tgan voqeani videoga olgan. Uning ma`lumot berishicha, avtobusga tosh va pnevmatik avtomatdan o`q otilmagan, balki ular haqiqiy o`qlar bo`lgan.

Hujum paytida turkiyalik ko`ngilli va belorus jurnalistining o`zi tan jarohati olgan, uning barmog`ini oyna siniqlari kesib ketgan.

Bu Rioda o`tkazilayotgan Olimpiya o`yinlari davridagi ilk ko`ngilsiz hodisa emas. Masalan, 8 avgust kuni Portugaliya maorif vaziri Tiagu Rodrigishga bosqinchi pichoq o`qtalgan bo`lsa, OAVlar Olimpiya shaharchasi va Olimpiya xiyoboni hududida ro`y berayotgan turli o`g`irlik va bosqinchiliklar haqida xabar berishdan to`xtamayapti.

Boshqa yangiliklar