AsosiyJamiyat

25 yil "hujjatda yashagan" marhum

'25 yil "hujjatda yashagan" marhum'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida istiqomat qiluvchi Malika Shaniyazova farzandi Jahongir Olishovning o`lim to`g`risidagi guvohnomasini olishda amaliy yordam so`rab tuman adliya bo`limiga murojaat qildi. Bu haqda Zamon.uz sayti yozmoqda.

Murojaat bo`lim tomonidan ish yurituviga olinib, zarur hujjatlar to`plandi.

Unga ko`ra, fuqaro M.Shaniyazovaning farzandi Olishev Jahongir Ravshan o`g`li 1997 yil 28 yanvarda vafot etgani va Mirzaobod tumani Tinchlik mahallasidagi “Parcha yuz” qabristoniga dafn etilgani ma`lum bo`ldi. Biroq ayrim sabablarga ko`ra uning o`limi qayd etilmasdan qolgan.

Ya`ni FHDYo arxivi tomonidan berilgan ma`lumotnomalar (1994-2022 yillar tekshirilganda) Olishev Jahongir Ravshan o`g`lining o`limi xaqidagi dalolatnoma yozuvlari mavjud emasligini ko`rsatdi.

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik-prosessual kodeksining 283-moddasi 10-bandiga ko`ra, yuridik ahamiyatga ega bo`lgan boshqa faktlarni, agar qonun hujjatlarida ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa, belgilashga oid ishlarni ko`radi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991 yil 20 dekabrdagi 5-sonli “Yuridik ahamiyatga ega bo`lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo`yicha sud amaliyoti to`g`risida”gi qarorining 20-bandiga ko`ra, agar shaxsning ma`lum vaqt va ma`lum holatda vafot etganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud bo`lsa, Fuqarolik prosessual kodeksi 295-moddasining 10-bandiga asosan sud o`lganlik faktini belgilaydi.

Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo`limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Guliston tumanlararo sudiga ariza kiritildi.  Natijada Mirzaobod tuman adliya bo`limining fuqaro Malika Shaniyazovaning manfaatida kiritilgan arizasi qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qarori bilan Olishev Jahongir Ravshan o`g`lining o`lganlik fakti belgilandi.

    Boshqa yangiliklar