Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati hokimlik tasarrufidagi avtomobillar me`yoridan ortiqcha ekani aytilgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 25 avgust holatiga Jizzax viloyati hokimligi balansidagi 27 ta avtomashina Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida ajratilgan bo`lib, ularning 24 tasi xizmat ko`rsatayotgan bo`lsa, 3 donasi ta`mirtalab, foydalanishga yaroqsiz bo`lib turibdi.
Jumladan, viloyat hokimiga 1 dona, sakkizta viloyat hokimi o`rinbosarlariga bittadan — 8 dona, viloyat hokimining rasmiy delegasiyalarni qabul qilishi uchun — 5 ta, Prezidentning Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiriga — 1 ta, 4 ta viloyat hokimi maslahatchisiga xizmat avtomobillari ajratilgan.
Xususan, uchta engil xizmat avtomobillari "Mercedes-Benz" va "Mercedes Sprinter" (mikroavtobus) 1996 yilda ishlab chiqarilgan hamda "Nexia-1" 2005 yilda ishlab chiqarilgan transport vositalari bugungi kunda ta`mirtalab va foydalanishga yaroqsizdir.
Vazirlar Mahkamasining "Davlat boshqaruvi va mahalliy bavlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" gi qarorida "Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent va Farg`ona viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklariga delegasiya va mehmonlarga xizmat ko`rsatish maqsadida 5 tagacha, avtotransport vositasi saqlash uchun limit belgilangan"." Jizzax viloyati hokimligida avtomobillar soni belgilangan me`yordan oshib ketmagan", deyilari munosabatda.
Qarorga asosan, viloyat hokimligida 4 ta mehmonlar uchun engil trasportlar "Cadillac" (2016 yilda ishlab chiqarilgan), "Mercedes-Benz" (2020 yilda ishlab chiqarilgan), "Lacetti" (2019 yilda ishlab chiqarilgan), "Mercedes Sprinter' (mikroavtobus 2020 yilda ishlab chiqarilgan) hamda bir dona navbatchi "Damas" (2016 yilda ishlab chiqarilgan) avtomobillari mavjud.






