AsosiyDunyo

Abening o`ldirilishi ortidan Yaponiya polisiyasi rahbari iste`foga ketdi

'Abening o`ldirilishi ortidan Yaponiya polisiyasi rahbari iste`foga ketdi'ning rasmi

Yaponiya polisiya bosh boshqarmasi rahbari Itaru Nakamura iste`foga chiqdi. U sobiq bosh vazir Sindzo Abega uyushtirilgan suiqasdda xavfsizlik choralari etarli darajada ko`rilmagani uchun javobgarlikni zimmasiga olmoqchi. Bu haqda Zamon sayti yozmoqda

“Xavfsizlikni ta`minlash tizimi tubdan qayta ko`rib chiqiladi”, – degan u.

Kyodo  agentligi ma`lumotlariga ko`ra, Nakamura  jamoat xavfsizligi bo`yicha komissiyaga iste`foga ketish istagini bildirgan. Bu 26 avgustda amalga oshishi kutilmoqda.

Polisiya boshqarmasi Abe nutq so`zlayotgan paytda qo`riqchilar to`g`ri joylashtirilmaganini aniqlagan. Bu uning o`limiga olib kelgan asosiy omillardan biri sifatida ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar