Mustaqillik bayrami arafasida O`zbekistonning barcha shahar va viloyat markazlarida oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan bozorchalar tashkil qilindi. Bu haqda xabar bergan Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmatiga ko`ra, yarmarkalar 20 avgustdan 5 sentyabrga qadar har kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha faoliyat olib boradi.
Ta`kidlanishicha, Toshkent shahridagi asosiy 11 ta "Farhod", "Askiya", "Sergeli", "Eski Juva", "Aviasozlar", "Qo`yliq", "Yunusobod", "Mirobod", "Qoraqamish", "Navro`z" va "Chilonzor" dehqon bozorlarida meva-sabzavot, poliz, dukkakli, guruch, go`sht va sut mahsulotlari, tuxum, o`simlik yog`i, shakar va turli ichimliklar savdosi tashkil etilgan.
Qishloq xo`jaligi vazirligi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus oziq-ovqat yarmarkalarida qishloq xo`jaligi mahsulotlarining sotilishini kunlik monitoring qilmoqda, ularning narx-navosi hamda bozorlarning mahsulotlar bilan ta`minlanganlik darajasini kuzatib bormoqda.






