AsosiyDunyo

Italiyalik fuqaro bir vaqtning o`zida 3 ta virus yuqtirdi

'Italiyalik fuqaro bir vaqtning o`zida 3 ta virus yuqtirdi'ning rasmi

Ma`lum bo`lishicha, Italiya fuqarosi bir muddat avval Ispaniyaga besh kunlik sayohatga borgan. Safardan qaytgach, to`qqiz kun davomida tana harorati 39 darajaga ko`tarilib, tomoq va bosh og`rig`i hamda holsizlikdan aziyat chekkan.

Tibbiy tekshiruvlar davomida unda SOVID-19 qayd etilgan.

Ta`kidlanishicha, bemorda shu kunning ikkinchi yarmida bemor chap qo`lida toshmalar paydo bo`la boshlagan.

Ertasi kuni esa deyarli butun tanani og`riq beruvchi pufakchalar qoplagan. Qo`shimcha tekshiruvlardan so`ng u maymunechak virusi va OIV infeksiyasini ham yuqtirgani aniqlangan.

Organizmda aniqlangan infeksiyalarning bunday kombinasiyasi bemor salomatligiga qanchalik xavfli ta`sir ko`rsatishi xususida hali hech qanday dalillar yo`q.

“Aslida maymunchechakning OIVga chalingan bemorlarda qayd etilishi avvalroq ma`lum bo`lgandi. Ammo bu kombinasiyaga koronavirus ham qo`shilishi mutaxassislar uchun yangilik bo`ldi”, — deyiladi SSV Matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar