AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`yicha bulutli ob-havo kuzatiladi

'Bugun O`zbekiston bo`yicha bulutli ob-havo kuzatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 26 avgust kuni respublika bo`yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 31-33° bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Namangan va Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar