AsosiyJamiyat

Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta`sis etiladi

'Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta`sis etiladi'ning rasmi

“Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–361-son, 25.08.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga ko`ra, 2022–2023 yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi YuNESKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.  

Shunga asosan, jumladan:

“Buyuk Beruniy merosi” xalqaro sayyohlik marshrutlari yo`lga qo`yiladi;

2023 yil yakunigacha Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumanida Abu Rayhon Beruniy majmuasi quriladi;

alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qo`lyozma va boshqa madaniy boyliklar restavrasiya qilinadi;

Fanlar akademiyasining Qoraqalpog`iston bo`limi va Xorazm Ma`mun akademiyasida madaniy meros ob`ektlarini restavrasiya qilish va konservasiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilinadi;

o`quvchilar o`rtasida Xorazm viloyatida tegishli fan bo`yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi o`tkaziladi.

Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta`sis etiladi.  

2022 yil dekabrgacha “Beruniy va yoshlar” maxsus dasturi ishlab chiqilib, mutafakkir hayotiga oid ma`lumotlar, uning ilmiy-ma`rifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratiladi.  

Qarorga ko`ra, allomaning to`liq asarlari turkumini o`zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish choralari ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar