AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazmdagi boshlang`ich sinf o`quvchilarini ovqatlantirish tartibi belgilandi

'Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazmdagi boshlang`ich sinf o`quvchilarini ovqatlantirish tartibi belgilandi'ning rasmi

“Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida sog`lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (472-son, 25.08.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba tariqasida boshlang`ich sinf o`quvchilariga byudjet hisobidan bepul ovqat bilan ta`minlash tizimi joriy etilgan.

Qaror bilan yuqoridagi hududlardagi maktablarda sog`lom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etishga oid nizom tasdiqlandi.

Nizomda keytering usulida xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar tanlovini o`tkazish, hisob-kitob qilish, taomlar ustidan nazorat qilish tartibi belgilangan.

Xususan, o`quvchilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantiriladi.

Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda 5 kishilik (direktor, hamshira va ota-onalar vakillari) maxsus komissiya tuziladi.

Kundalik taomnomaning ro`yxati “kundalik.com” platformasi orqali yuritiladi.

Keytering – hududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko`rsatish orqali ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish, ovqatlarni tayyorlash, etkazib berish va tayyor pazandachilik mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirish xizmatlarini ko`rsatish.

    Boshqa yangiliklar