AsosiyJamiyat

Men Prezident sifatida 6 yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng ko`p, ya`ni 9 marta mana shu saxovatli zaminga kelib, bu erdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan ko`p-ko`p muloqotlar qildim — Shavkat Mirziyoev

'Men Prezident sifatida 6 yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng ko`p, ya`ni 9 marta mana shu saxovatli zaminga kelib, bu erdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan ko`p-ko`p muloqotlar qildim — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari kirish so`zida “Inson qadri uchun” ezgu tamoyili asosidagi tub islohotlar Qoraqalpog`istonning har bir shahar va tumani, qishloq va ovuli, har bir xonadoniga kirib borishini ta`minlash asosiy maqsadlardan biri ekanini ta`kidladi. 

"Men Prezident sifatida 6 yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng ko`p, ya`ni 9 marta mana shu saxovatli zaminga kelib, bu erdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan ko`p-ko`p muloqotlar qildim.

Ushbu davrda Qoraqalpog`istonni kompleks rivojlantirishga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qildik.

Hududda tadbirkorlik sub`ektlari soni 2 barobarga ortdi, qariyb 4,5 mingta investisiya loyihalari ishga tushirildi.

Birgina joriy yil fevraldagi tashrif doirasida hududni har taraflama rivojlantirish uchun 1,5 trillion so`m mablag` ajratdik", dedi Prezident.

Qoraqalpog`istonda ichimlik suv ta`minoti 40 foizdan 68 foizga, maktabgacha ta`lim bilan qamrov darajasi 32 foizdan 76 foizga, aholi daromadlari jon boshiga 2 barobarga oshishiga erishilgani ta`kidlandi.

 

    Boshqa yangiliklar