AsosiyJamiyat

Jo`qorg`i Kenges Raisi lavozimiga Amanbay Tleubaevich Ornbaev nomzodini ko`rib chiqilmoqda

'Jo`qorg`i Kenges Raisi lavozimiga Amanbay Tleubaevich Ornbaev nomzodini ko`rib chiqilmoqda'ning rasmi

Davlatimiz rahbarining kirish so`zidan so`ng Oqsoqollar kengashining qaroriga muvofiq Jo`qorg`i Kenges Raisi lavozimiga tavsiya etilgan Amanbay Tleubaevich Ornbaevning nomzodini ko`rib chiqishga o`tildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati yozmoqda.

Ilgariroq sessiyada Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi Murat Kamalovning betobligi sababli vakolat muddatini oldindan to`xtatish va egallab turgan lavozimidan ozod etish haqidagi murojaati ko`rib chiqilib, Murat Kamalovning vakolat muddatini oldindan to`xtatish va egallab turgan lavozimidan ozod etish to`g`risida qaror qabul qilingan edi.

Amanbay Ornbaevning nomzodini ko`rib chiqishdan avval Prezidentimiz nomzodning hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo`yicha rejalari va takliflarini tinglashni taklif etdi.

Nomzod Qoraqalpog`istonda tadbirkorlikni rivojlantirish, agrar sohani rivojlantirish, sanoat loyihalarini ko`paytirish, infratuzilmani rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, ta`lim va yoshlarni qo`llab-quvvatlash borasidagi mavjud muammolarni va ularni hal qilish bo`yicha takliflarini bayon etdi. Prezidentdan bu rejalarni to`liq amalga oshirish uchun zarur bo`lgan resurslar ajratilishida ko`mak so`radi.

 

    Boshqa yangiliklar