AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda xalqaro va ichki avtomobil yo`llarini rivojlantirish bo`yicha alohida dastur ishlab chiqiladi

'Qoraqalpog`istonda xalqaro va ichki avtomobil yo`llarini rivojlantirish bo`yicha alohida dastur ishlab chiqiladi'ning rasmi

Prezident Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtiroki davom etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.


Qoraqalpog`istonda sanoat loyihalarini ko`paytirish maqsadida mutasaddilarga:

- Investorlarga ko`mak markazini tashkil etish, unda qoraqalpog`istonlik tadbirkorlarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, subsidiya, kredit va kompensasiya olish, mahsulotiga bozor topishga ko`maklashish bo`yicha bepul xizmatlar ko`rsatish;

- Investorlarga ko`mak markazi qoshida Nukus shahridagi 10 gektar er maydonida Sanoat texnoparkini tashkil etish;

- Kegeyli va Xo`jayli tumanlarida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish;

- besh yil muddatga faqat Qoraqalpog`iston tadbirkorlariga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xom ashyolarni, mamlakatimiz bo`ylab tashishda 70 foiz transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yo`lga qo`yish va boshqa topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari Qorao`zakda mis ishlab chiqarish, Qo`ng`irotda yangi kaustik soda va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zavodlarini qurish kabi yirik loyihalarni qo`llab-quvvatladi.

Shuningdek,  Qoraqalpog`istonda xalqaro va ichki avtomobil yo`llarini rivojlantirish bo`yicha alohida dastur ishlab chiqiladi

Qoraqalpog`istonda infratuzilmani rivojlantirishdagi muammolardan kelib chiqib, Prezident mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga:

- “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo`lining To`rtko`l, Beruniy va Ellikqal`a tumanlaridan o`tgan qismini rekonstruksiya qilishga 160 million dollar jalb etish;

- ta`mirtalab bo`lgan 1 ming 500 kilometr suv tarmoqlari, 150 dan ziyod quduq, nasos va suv stansiyalarini ta`mirlash;

- Nukus shahri, Taxiatosh va Xo`jayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlarini qurish;

- 128 ta transformator, 7,5 mingta simyog`och ustunlarini almashtirish;

- Qoraqalpog`istonning har bir shahri va tumanida Ichki yo`llarni ta`mirlash uchastkalari tashkil etish, ularga etarli shtat, zarur mablag` va texnikalar ajratish;

- ikki oy muddatda Qoraqalpog`istonda xalqaro va ichki avtomobil yo`llarini rivojlantirish bo`yicha alohida dastur ishlab chiqishga topshiriq berdi.

 

    Boshqa yangiliklar