AsosiyJamiyat

Prezident Administrasiyasi ijro etuvchi apparatida tayinlovlar amalga oshirildi

'Prezident Administrasiyasi ijro etuvchi apparatida tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

Prezidentimizning tegishli farmoyishiga asosan bugun Prezident Administrasiyasi ijro etuvchi apparatida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Prezident Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari Komil Allamjonov xabar berdi.

Unga ko`ra,

Rustam To`ychievich Kamilov — Prezident Administrasiyasi axborot-kommunikasiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo`yicha sho``ba mudiri;  

Hikmatilla Shuhratilla o`g`li Ubaydullaev  – Prezident Administrasiyasi axborot-kommunikasiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo`yicha sho``ba etakchi konsultanti;

Ulug`bek Rauf o`g`li Normatov – Prezident Administrasiyasi jamoat fikrini o`rganish va tahlil qilish sho``basi etakchi konsultanti;

Shoxrux Anvarovich Xodjaev – Prezident Administrasiyasi kommunikasiyalar va axborot siyosati bo`yicha sho``ba etakchi konsultanti lavozimiga tayinlandi.  

    Boshqa yangiliklar