AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida daraxtga urilgan “Nexia-3” haydovchisi voqea joyida vafot etdi

'Toshkent viloyatida daraxtga urilgan “Nexia-3” haydovchisi voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Qibray tumani, Madaniyat yo`lida ayanchli YTH sodir bo`lgani bilan bog`liq xabarlar tarqatilgan 

Viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabariga ko`ra, hodisa bundan ikki kun avval 1999 yilda tug`ilgan haydovchi — Toshkent shaxrida yashovchi S.D boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomobili bilan sodir bo`lgan.

U Toshkent viloyati Toshkent tumani Ibrat maxalla fuqorolar yig`ini Madaniyat ko`chasi 46-uy qarshisida rul boshqaruvini yo`qotib, yo`lning chetidagi daraxtga urilib, yo`l transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu yo`l transport hodisasi natijasida haydovchi S.D voqea joyida vafot etgan. Avtotransport vositasida yo`lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan 2001 yilda tug`ilgan M.D Toshkent tumani markaziy shifohonasiga olib ketilgan.  

"Hozirda holat yuzasidan Toshkent tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar