AsosiyJamiyat

AQShdagi Niagara sharsharasida Mustaqillik kuni munosabati bilan O`zbekiston bayrog`i tovlanadi

'AQShdagi Niagara sharsharasida Mustaqillik kuni munosabati bilan O`zbekiston bayrog`i tovlanadi'ning rasmi

O`zbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligini nishonlash kuni, 1 sentyabr kuni Kanadadagi eng mashhur sharshara va Shimoliy Amerikadagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri – Niagara sharsharasi O`zbekiston davlat bayrog`i ranglarida yoritiladi. Bu haqda “Dunyo” A.A xabar bermoqda. 

Respublikaning Kanadada akkreditasiyadan o`tgan elchixonasi ma`lumotlariga ko`ra, sharsharani 31 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da (Toshkent vaqti bilan 1 sentyabr, soat 7:30) jonli efirda tomosha qilish mumkin. 

Niagara sharsharasini O`zbekiston bayrog`i ranglari bilan yoritish 15 daqiqa davom etadi.

Shuningdek, O`zbekiston diplomatik missiyasi vatandoshlar bilan birgalikda Niagara shahrida Mustaqillik bayramini keng nishonlashni rejalashtirayotgani ta`kidlangan. O`zbek raqs va qo`shiqlari, an`anaviy o`zbek palovi bilan tantanali ziyofat tashkil etiladi.

Eslatib o`tamiz, Niagara sharsharasi o`tgan yili O`zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ilk bor O`zbekiston bayrog`i ranglariga bo`yalgan edi.

    Boshqa yangiliklar