AsosiyJamiyat

Sirdaryoda oyog`i metall panjara orasida qisilib qolgan 11 yoshli bola qutqarildi

'Sirdaryoda oyog`i metall panjara orasida qisilib qolgan 11 yoshli bola qutqarildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida oyog`i panjara orasiga tushib ketgan bolaga yordam ko`rsatildi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, 28 avgust kuni soat 07:22 da Sirdaryo viloyat FVBga Guliston shahar «Bo`ston» MFY hududidagi ariq ustiga o`rnatilgan metall panjara orasiga 11 yoshli bolaning bir oyog`i qisilib qolgani to`g`risida murojaat kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga etib borgan qutqaruvchilar maxsus uskunalar yordamida bolaning oyog`ini panjara orasidan jarohatlarsiz chiqarib olib, amaliy yordam ko`rsatgan va ota-onasiga sog`-omon topshirgan.

"Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikni so`rab qoladi", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar