AsosiyJamiyat

Jizzaxda MIB xodimini kaltaklagan ota-bolaga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Jizzaxda MIB xodimini kaltaklagan ota-bolaga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati Arnasoy tumani bo`limi davlat ijrochisi qarzdor T.T.dan 3,5 million so`m davlat bojini undirish uchun uning yashash xonadoniga borgan.

Biroq ijro harakatlarini amalga oshirish vaqtida qarzdor va uning o`g`li davlat ijrochisining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko`rsatib, uni haqorat qilib, urib-tepib, tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-(haqorat) va 219-(hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar