O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, ushbu haftaning birinchi yarmida, shuningdek, bayram kunlari O`zbekiston bo`yicha ob-havoning o`zgarishi kutilmaydi.
Haftaning birinchi yarmida va bayram kunlari O`zbekistonning barcha hududlarida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati haftaning birinchi yarmida 33-35° atrofida bo`ladi. Bayram kunlari 33-37° gacha biroz issiqroq bo`ladi. Kechalari va ertalabki soatlarda 13-18° atrofida bo`lgan qulay harorat kuzatiladi.






