2022 yil 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, unda xalq vakillari O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodini ko`rib chiqdilar va ma`qulladilar.
Ma`lumot uchun, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a`zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko`rib chiqiladi.






