AsosiyJamiyat

Toshkentda tez yordam mashinasi velosipedchini urib yubordi (video)

'Toshkentda tez yordam mashinasi velosipedchini urib yubordi (video)'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Chilonzor tumanida tez yordam mashinasi bilan sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi yuzasidan ma`lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokidagi yo`l-transport hodisasi aks etgan video tarqalib, ko`plab muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Ma`lum qilinishicha, 28 avgust kuni soat 16:40 larda tumanning KXAY va Bunyodkor ko`chalari chorrahasida 38 yoshli O.Z. «Ford» rusumli maxsus avtoulovini boshqarib ketayotib, 74 yoshli velosiped haydovchisi G`.T.ni urib yuborgan. Oqibatda velosiped haydovchisi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, velosiped haydovchisi zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan va u erda fuqaroga zarur tibbiy yordam ko`rsatilgan. Uch soatlik muolajadan so`ng bemorning ahvoli yaxshilangach, uyiga javob berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar